Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Godin Xulian Alvaresning «Atletiko»dan ehtimoliy ketishi haqida gapirdi

Godin Xulian Alvaresning «Atletiko»dan ehtimoliy ketishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi sobiq himoyachisi Diyego Godin hujumchi Xulian Alvaresning jamoadagi kelajagi borasida o‘z fikrini bildirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik forvard anchadan beri uni o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qilayotgan «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda. «Matraschilar» esa o‘z yulduzini qo‘yib yuborishni istamayapti.

«Yaqinda Fernando Torres aytganidek, «Atletiko»da shunchaki to‘p surishning o‘zi kifoya qilmaydi — bu yerda o‘ynashni chin dildan xohlash kerak. Xulian qoladi deb umid qilaman. Nima sodir bo‘lishini bilmayman, lekin uning chindan ham shu yerda qolishni istashidan umidvorman. Alvares — ajoyib futbolchi, hozirgi vaqtda bunaqasini topish qiyin. Aqlga sig‘adigan mablag‘ evaziga unga munosib o‘rinbosar topishning umuman iloji yo‘q», — deya Godinning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Xulian Alvaresga «Barselona»dan tashqari Madridning «Real», shuningdek, «PSJ» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirishgan.

Kiritildi: 12:46, 21.06.2026.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик