Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Skaloni: «JCH-2026 doirasidagi barcha o‘yinlarni ko‘rishga harakat qilyapmiz»

Skaloni: «JCH-2026 doirasidagi barcha o‘yinlarni ko‘rishga harakat qilyapmiz»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi ikkinchi turi doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bahs bugun bo‘lib o‘tadi, uning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 ga rejalashtirilgan. Uchrashuv oldidan «albiseleste» bosh murabbiyi Lionel Skaloni u va uning murabbiylar shtabi turnirdagi barcha o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini tan oldi.

«Iloji bo‘lsa, barcha o‘yinlarni jonli efirda ko‘rishga harakat qilamiz. Masalan, hozir Enso Fernandes jurnalistlar bilan gaplashayotganda, men Kabo-Verde va Urugvay o‘yinini tugatib qo‘ydim. Turli xil futbolni tomosha qilar ekansiz, doimo yangi narsani o‘rganishingiz va sodir bo‘layotgan voqealarni doimiy tahlil qilishingiz mumkin. Biz turnirga to‘liq e’tibor qaratganmiz, lekin ba’zida ziddiyatli tuyg‘ular paydo bo‘ladi — jahon chempionati hozir qayoqqa qarab ketayotganini aytish qiyin», — dedi Argentina terma jamoasi ustozi matbuot anjumanida.

Birinchi turda amaldagi jahon chempionlari Lionel Messining xet-trigi evaziga Jazoir ustidan yirik g‘alabaga erishgan edi (3:0).

Kiritildi: 08:57, 22.06.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик