Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

JCH-2026: Bosniya va Gersegovina Qatarni mag‘lub etdi, Shveysariya Kanadadan ustun keldi

JCH-2026: Bosniya va Gersegovina Qatarni mag‘lub etdi, Shveysariya Kanadadan ustun keldi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 musobaqasida hal qiluvchi so‘nggi 3-tur o‘yinlari start oldi. Biroz avval "B" uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yevropaliklar safida Karim Alaybegovich (29) va Ermin Maxmich (80) gol urgan bo‘lsa, 34-daqiqada qatarliklar vakili Mahmud Abunada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (avtogol). Qatarning yagona javob to‘piga Xasan Al-Haydos mualliflik qildi.

Parallel ravishda kechgan yana bir bahsda Shveysariya terma jamoasi mezbon Kanadani 2:1 hisobida taslim etdi. Yevropaliklardan Ruben Vargas (46) va Yoan Manzambi (57) gol urgan bo‘lsa, Kanadaning yagona javob to‘pini Promise David 76-daqiqada kiritdi.

Ushbu natijalardan so‘ng Shveysariya 7 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi. Kanada 4 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ulardan ortda qolgan Bosniya va Gersegovina (4 ochko) 3-pog‘onadan joy oldi. Biror marta g‘alaba qozona olmagan Qatar esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab, turnirni tark etdi.

Kiritildi: 02:18, 25.06.2026.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик