Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 1-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Jaka «Chelsi» haqidagi bayonoti bilan «Sanderlend»ni hayratda qoldirdi

Jaka «Chelsi» haqidagi bayonoti bilan «Sanderlend»ni hayratda qoldirdi

Baho:
+1 | -

Yarim himoyachi Granit Jaka jamoadan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilganida «Sanderlend» rahbariyati bundan hayratda qoldi. Ushbu ma’lumotni insayder Fabrisio Romano oshkor qildi.

Avvalroq, Londonning «Chelsi» klubi 33 yoshli shveysariyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

Biroq, Romanoning ta’kidlashicha, «aristokratlar» 30-40 million yevro to‘lashni istamayapti va Jakaning yoshini inobatga olib, uning transfer narxini tushirishga harakat qilmoqda. Endilikda transfer masalasi klublar darajasida hal etilmoqda, chunki futbolchining o‘zi «Chelsi»ning har qanday shartlariga rozi bo‘lishga tayyor.

Jaka «Sanderlend» tarkibida atigi bir mavsum o‘tkazdi. «Qora mushuklar» libosida u APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Bundan tashqari, uning hisobida oltita golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 13:22, 28.06.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик