Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Liverpul» italiyalik vinger bilan xayrlashishi mumkin

«Liverpul» italiyalik vinger bilan xayrlashishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning italiyalik vingeri Federiko Kyeza joriy transfer oynasida hozirgi klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatdi.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchiga o‘ziga yangi jamoa izlashi uchun ruxsat berishgan. Federikoning Italiya chempionatiga qaytishi ehtimoli juda yuqori. U avvalroq A Seriyada Turinning «Yuventus» va «Fiorentina» klublari sharafini himoya qilgan edi.

Kyezaning «qizillar» bilan amaldagi shartnoma majburiyatlari 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Uning transfer bozoridagi bahosi 13 million yevroni tashkil etadi.

Yakunlangan mavsumda vinger 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 20:35, 28.06.2026.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик