Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

JCH—2026: Eldor Shomurodovning goli guruh bosqichining eng chiroyli gollari ro‘yxatiga kiritildi (video)

JCH—2026: Eldor Shomurodovning goli guruh bosqichining eng chiroyli gollari ro‘yxatiga kiritildi (video)

Baho:
+ | -

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida kiritilgan 12 ta eng chiroyli golni saralab oldi va eng yaxshisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonini boshladi. Nomzodlar qatoridan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning uchinchi tur doirasida Kongo DR terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli ham joy oldi.

FIFA rasmiy saytida ushbu vaziyat O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi debyut ishtirokining eng esda qolarli lahzasi sifatida e’tirof etilgan:

“Oq bo‘rilar"ning debyut Jahon chempionatidagi eng yorqin vaziyati — jamoani ilhomlantiruvchi sardorning darvozabon ustidan to‘pni aniq oshirib tashlagan ushbu zarbasi bo‘ldi”, deyiladi tashkilot materialida.

Guruh bosqichining eng yaxshi goli unvoni uchun o‘zbekistonlik hujumchi bilan birgalikda Lionel Messi, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jovanni Reyna, Ismoil Saybari, Feliks Nmecha, Elayja Jast, Kevin Pina, Kerim Alaybegovich, Uilson Isidor va Daydzen Mayeda kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilmoqda.

G‘olib nomi FIFA’ning rasmiy platformasida muxlislar tomonidan berilgan ovozlar yakuniga ko‘ra aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni ochiq deb e’lon qilingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:53, 29.06.2026.
O'qildi: 1406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик