Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Romano «Real»ning Enso Fernandes bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Romano «Real»ning Enso Fernandes bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, tarqalgan turli mish-mishlarga qaramay, «Real» va «Chelsi» o‘rtasida hozircha hech qanday muzokaralar yo‘q. «Qaymoqranglilar» lagerida argentinalik futbolchining darajasini haqiqatan ham yuqori baholashadi, biroq u klubning tarkibni kuchaytirish ro‘yxatidagi beshta nomzoddan biri xolos.

Yakunlangan klub mavsumida 25 yoshli Fernandes barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:23, 30.06.2026.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик