Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Anri Fransiya terma jamoasining eng muhim futbolchisini aytdi

Anri Fransiya terma jamoasining eng muhim futbolchisini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik afsonaviy sobiq hujumchi Tyerri Anri hozirgi Fransiya terma jamoasi tarkibida kimni eng muhim o‘yinchi deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi «Bavariya»ning 24 yoshli vingeri Maykl Oliseni alohida e’tirof etdi.

«To‘psiz harakat qilish borasida unga teng keladigani yo‘q. Odatda bunday texnik futbolchilar himoyaviy vazifalarni unutib qo‘yishadi va hamma ularni faqat to‘p bilan qilgan harakatlariga qarab baholaydi, ammo Olise unaqalardan emas. U haqiqiy frik (o‘z ishining telbasi).

Maykl o‘yinga shunchaki boshqacha nigoh bilan qaraydi. U boshqa sayyoradan, shunchaki o‘zgacha. Eng zo‘ri deb doim Mbappeni tan olishadi, chunki sermahsullik borasida unga hech kim tenglasha olmaydi, lekin jamoaning eng muhim o‘yinchisi — Olise», — deya bayonot berdi Anri FOX Soccer studiyasida «uchranglilar»ning Shvesiyaga qarshi o‘yini (3:0) yakunlarini sarhisob qilaturib.

Maykl Olise shvedlar bilan bahsda ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Kilian Mbappe esa uchrashuvda dubl muallifiga aylandi.

Kiritildi: 15:11, 01.07.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик