Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Rafinyaning bankrot bo‘lgani rostmi?

Rafinyaning bankrot bo‘lgani rostmi?

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Rafinyaning turmush o‘rtog‘i Nataliya Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘ining bankrot bo‘lgani va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida tarqalgan xabarlarga javob qaytardi.

“Bu odamlarning tasavvur olami va to‘qiyotgan yolg‘onlari meni hayratda qoldiradi. Rafinyaning moliyaviy ahvoli yomonlashgani haqidagi gaplar shunchaki be’manilik. Kimdir uning mashhurligidan foydalanib mana shunday uydirmalarni o‘ylab topyapti. Bizda hammasi joyida, bunaqa safsatalar esa faqat kayfiyatimizni ko‘tarishga xizmat qiladi, xolos”, deb yozadi futbolchining rafiqasi.

Ushbu shov-shuvli gap-so‘zlarning tarqalishiga Braziliya terma jamoasi safida 2002-yilgi Jahon chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi Vampeta sababchi bo‘ldi. Sobiq yarim himoyachi “Red Cast” podkastida mehmon bo‘lganida, Rafinyaning moliyaviy qiyinchiliklardan tashqari, “jiddiy oilaviy muammolar” girdobida qolganini aytgandi. U hatto ushbu omillar tufayli braziliyalik vinger yaqin orada katta pul evaziga Saudiya Arabistoni Proligasiga o‘tishga majbur bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilgan edi.

Shuningdek, Vampeta ko‘rsatuv davomida bu xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emasligini, hammasi shunchaki Jahon chempionati paytida qulog‘iga chalingan uydirma gaplar ekanini tan olgan. Shunday bo‘lsa-da, uning ushbu chiqishi Janubiy Amerika va Yevropa matbuotida tezda ommalashib ketdi va futbolchining oilasi hamda yaqinlarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 20:13, 01.07.2026.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик