Londonning «Tottenxem» klubini tanlagan portugaliyalik Mateush Fernandeshning transferi barbod bo‘lganidan keyin, «Manchester Yunayted» bir nechta yarim himoyachilardan iborat short-listni o‘rganib chiqmoqda, deb xabar beradi BBC Sport.
Mankunianliklar rahbariyati Feliks Nmecha, Tayler Adams, Karlos Baleba va Aleks Skott nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan parallel ravishda, «qizil iblislar» Madridning «Real» klubi tayanch yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni atrofidagi vaziyatni ham diqqat bilan kuzatishda davom etishmoqda.
Fernandesh bilan muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, «Manchester Yunayted» o‘z transfer strategiyasiga to‘liq ishonch saqlab qolmoqda. Klub yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar maydon markazini sifatli tarzda kuchaytirish niyatida qat’iy turibdi.













