Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Milan» Leauning narxini belgiladi — yakuniy qaror JCH-2026dan so‘ng qabul qilinadi

«Milan» Leauning narxini belgiladi — yakuniy qaror JCH-2026dan so‘ng qabul qilinadi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi hujumchi Rafael Leauni 60-70 million yevroga baholamoqda. Bu haqda Italiyaning Sky nashriga tayanib, jurnalist Janluka di Marsio o‘z saytida xabar berdi.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng «Milan» rahbariyati futbolchi bilan uchrashadi va uning kelajagi borasida birgalikda bir qarorga kelishadi.

Avvalroq Leauning o‘zi sportchilik faoliyatida yangi bosqichni boshlash — Italiyadan tashqariga ko‘chib o‘tish istagi borligini bildirgan edi. Ayni damda Rafael Portugaliya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Jamoa Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

27 yoshli Rafael Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 03:17, 03.07.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик