2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finali doirasida Kanada va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Xyuston shahridagi «En-Er-Ji Stedium»da bo‘lib o‘tgan bahsda marokashliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 50-daqiqada ochildi. Marokash yarim himoyachisi Azzedin Unai aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. U 82-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl rasmiylashtirdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+8-daqiqasida esa Sufyon Rahimiy uchinchi golni urib, bahsga nuqta qo‘ydi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Marokash yarim himoyachisi Ismoil Saybari jarohat sabab maydonni tark etdi.
Shu tariqa, Marokash terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi. U yerda afrikaliklar Paragvay — Fransiya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Jahon chempionati-2026. 1/8 final
4 iyul
Kanada — Marokash — 0:3
Gollar: Unai, 50 (0:1), 82 (0:2), Rahimiy, 90+8 (0:3).













