2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Bahs Fransiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada urildi. Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu 28 yoshli futbolchi uchun joriy mundialdagi yettinchi va Jahon chempionatlari tarixidagi 19-goli sifatida qayd etildi. U Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan birgalikda to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
Fransiya 1/16 finalda Shvesiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Endilikda Didye Desham shogirdlari chorak finalda Kanada ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, ushbu bosqichga yo‘l olgan Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Paragvay esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.













