Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Jaka «Sanderlend»da qolishini tasdiqladi

Jaka «Sanderlend»da qolishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Granit Jaka yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirmaydi.

Ayni damda Shveysariya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Jakaga yoz davomida «Chelsi» tomonidan qiziqish bildirilgandi. Mish-mishlarga ko‘ra, «aristokratlar» Granit uchun 8 million funt sterling taklif qilishgan, ammo kelishuv amalga oshmagan.

«Sanderlend» ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning We've got Granit Xhaka qo‘shig‘iga havolani e’lon qilish orqali Jakaning jamoada qolish qaroriga ishora qildi. Ushbu postni futbolchining o‘zi ham o‘z sahifalarida ulashdi.

Shundan so‘ng, yarim himoyachi o‘z kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

«Sanderlend» men uchun ilk kundan boshlab uyga aylandi. Biz barchamiz juda baxtiyormiz. Men hozirgi joyimda qolishga qaror qildim; oila — eng muhimi. Men ular bilan birga tarix yaratishga tayyorman», — deya Jakaning so‘zlarini keltiradi tribalfootball.com.

Kiritildi: 09:48, 09.07.2026.
O'qildi: 344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик