Emiliano Martines «Yuventus»ga o‘tishga rozilik bildirdi.
Kecha Turin klubi vakillari «Aston Villa» darvozabonining agentlari bilan uchrashdi va ular bilan kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Sky Sport. Futbolchining o‘zi ham Italiya jamoasiga o‘tish istagini bildirgan.
«Yuventus»ga endi Birmingem klubi bilan transfer shartlarini kelishib olish qoldi. Ta’kidlanishicha, «byankoneri» «Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikarioni o‘z safiga qo‘shib olish variantidan ham hali voz kechgani yo‘q.
O‘tgan mavsumda Martines APLda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol o‘tkazib yubordi.













