Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Jezush: “Portugaliyaga katta o‘zgarish kerak emas”

Jezush: “Portugaliyaga katta o‘zgarish kerak emas”

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning jismoniy holatiga baho berar ekan, jamoada keskin tarkibiy o‘zgarishlar qilish niyatida emasligini aytdi.

“O‘tgan mavsum ”An-Nasr" 50 ta uchrashuv o‘tkazdi, Krishtianu shulardan 31 tasida maydonga tushdi. Men uni 16 marta almashtirdim. Oramizda na murabbiy va futbolchi sifatida, na boshqa masalada hech qachon tushunmovchilik bo‘lmagan.

Jarohat holatlari bo‘lmasa, hech bir futbolchi bilan xayrlashmoqchi emasman.

Terma jamoaga chaqirilgan 26 futbolchining 12 nafari avval men bilan ishlagan. Ularning barchasini yaxshi bilaman va har biri kuchli futbolchi. Jamoada iste’dodlar ko‘p va men ularning salohiyatiga ishonaman.

Keyingi to‘rt yil ichida yangi futbolchilar ham yetishib chiqadi. Shu bois yoshlar futbolini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqchiman.

Jamoani qayta qurish kerakmi? Hozircha bunga ehtiyoj yo‘q. Tarkibimizdagi atigi olti futbolchi 30 yoshdan katta, ulardan ikkitasi darvozabon. Jamoani yoshi katta deb bo‘lmaydi. Futbolchilarimizning o‘rtacha yoshi 28 da, bu esa sportchi uchun eng yaxshi davr", — dedi Jezush.

Jorje Jezush boshqaruvidagi Portugaliya terma jamoasi ilk uchrashuvini 24-sentyabr kuni UYElsga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:52, 11.07.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик