Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Emmanuel Peti Zidanning Fransiya termasiga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Emmanuel Peti Zidanning Fransiya termasiga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodi Fransiya futbol federasiyasi rahbariyati tomonidan tanlangan ajoyib variant hisoblanadi. Bu qarorni terma jamoa sobiq yarim himoyachisi, Zidanning jamoadagi sherigi va jahon chempioni Emmanuel Peti yuqori baholadi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Zidan jamoada namunali intizomni o‘rnatishga yordam beradigan kuchli xarizmaga ega.

«U nimagaki qo‘l urmasin, oltinga aylanadi. U ko‘p gapiradiganlardan emas, lekin gapirganda futbolchilarning ongiga ta’sir o‘tkaza oladi», — dedi Peti RMC Sport bilan suhbatda.

Avvalroq, 2026 yilgi jahon chempionatida Angliyaga qarshi kechadigan uchinchi o‘rin uchun bahs Didye Deshamning bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi xabar qilingan edi. Uning qo‘l ostida «uch ranglilar» Rossiyadagi mundialda g‘olib chiqishgan va to‘rt yil o‘tib Qatarda kumush medallarni qo‘lga kiritishgandi.

Kiritildi: 08:06, 18.07.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик