Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCH-2026 doirasidagi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsdan so‘ng mamlakat futbol bo‘yicha terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Deshamga murojaat qildi.
«DidYE, afsonaviy g‘alabalar, kuchli hissiyotlar, ko‘p yillar davomida jamoani boshqarib, butun Fransiyani hayajonga solganing uchun rahmat. O‘n to‘rt yil — bu Desham davri», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiya Angliyaga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu o‘yin Desham uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi uchrashuv bo‘ldi.













