Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Ugo Viana: «Foden akademiyamizdagi eng yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etgan»

Ugo Viana: «Foden akademiyamizdagi eng yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etgan»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Manchester Siti» yarim himoyachi Fil Foden bilan mehnat shartnomasi uzaytirilganini e’lon qildi. «Shaharliklar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi jamoada yana to‘rt mavsum qoladi.

Ingliz klubi sport direktori Ugo Viana klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanganiga izoh berdi.

«U akademiyamizdagi eng yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etgan. Fil noyob iqtidor sohibi bo‘lib, uning maydondagi ijodkorligini tomosha qilish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ammo u erishgan barcha muvaffaqiyatlar e’tiborni bir joyga jamlash, o‘z ishiga bag‘ishlovchilik va kamtarlik, har bir soniyada tinmay mehnat qilish hamda murabbiylar va jamoadoshlaridan olayotgan barcha bilimlarni o‘zlashtirishsiz mumkin bo‘lmas edi. U hamon rivojlanishda davom etmoqda va biz Filning yaqin yillarda yanada qanday yuqori darajadagi futbolchiga aylanishini intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi Viana.

Foden «Manchester Siti» libosida 6 marta APLda, 3 marta Angliya kubogida va 5 marta Angliya Liga kubogida zafar quchgan. Shuningdek, futbolchining sovrinlar kolleksiyasida Chempionlar ligasi kubogi ham bor.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 17:56, 22.07.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик