Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Argentinada JCH finalini qayta o‘tkazish bo‘yicha petisiya 61 mingdan ortiq imzo to‘pladi

Argentinada JCH finalini qayta o‘tkazish bo‘yicha petisiya 61 mingdan ortiq imzo to‘pladi

Baho:
+ | -3

Argentinada raqamli platformalarning birida petisiya ishga tushirildi. Muallif Argentina terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan JCH finalini qayta o‘tkazishni talab qilmoqda.

Petisiyada ta’kidlanishicha, o‘yin natijasiga sloveniyalik hakam Slavko Vinchichning xatolari ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, hech qanday tasdiqlangan dalillar keltirilmagan.

El Mundo nashrining xabar berishicha, agar ushbu petisiya 61 500 dan ortiq imzo to‘plamaganida, unga deyarli hech kim e’tibor qaratmagan bo‘lar edi.

Albatta, FIFA jahon chempionati finali natijasini qayta ko‘rib chiqmaydi. O‘yinning qanday kechganini hisobga olsak, Argentina terma jamoasi hakamni ayblashi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi — argentinaliklar o‘yindagi ilk zarbani faqat 117-daqiqaga kelib yo‘llashgan.

Kiritildi: 12:35, 23.07.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик