Italiyaning «Napoli» klubi himoyachisi Alessandro Buondjorno jarrohlik amaliyotini o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Jarrohlik amaliyoti Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tdi va muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar beradi derbyderbyderby.it.
«Alessandro Buondjorno o‘ng tizzasining meniskida operasiyani o‘tkazdi, u Liondagi Jan Mermoz nomidagi klinikada muvaffaqiyatli bajarildi», — deyiladi Italiya klubi matbuot xizmati xabarida.
Endilikda futbolchi taxminan 2-3 oyni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. O‘tgan mavsumda neapolitanliklar Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashgan edi. A Seriyaning yangi mavsumi 23 avgust kuni boshlanadi. Birinchi turda «Napoli» «Djenoa»ga qarshi maydonga tushadi.













