Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf 0-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Manchester Yunayted» va «Everton» «Bolonya» vingeri uchun kurashmoqda

«Manchester Yunayted» va «Everton» «Bolonya» vingeri uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Bolonya» yarim himoyachisi Jonatan Rou uchun «Everton» bilan jiddiy raqobat olib bormoqda.

23 yoshli futbolchi o‘z vaqtida amaldagi «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembelega qiyoslangan bo‘lib, A Seriyadagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng APL klublari e’tiborini tortdi. Corriere di Bologna nashri xabariga ko‘ra, «Bolonya» har ikkala qanotda ham birdek harakat qila oladigan ushbu universal futbolchi uchun taxminan 35 million funt sterling olishni rejalashtirmoqda. «Everton» ham Rouga juda jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Britaniya va Yamayka fuqaroligiga ega bo‘lgan Rou Angliyaning turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surgan. U 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida (U21) asosiy qahramonlardan biriga aylanib, Germaniyaga qarshi kechgan final o‘yinida zaxiradan maydonga tushgan va jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgan edi.

Kiritildi: 09:01, 26.07.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик