Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyoga to‘g‘ri kelmagan va “Real Madrid”ni tark etadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Mourinyoga to‘g‘ri kelmagan va “Real Madrid”ni tark etadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Baho:
+ | -

AS nashrining xabar berishicha, “Real Madrid” hozirda yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga mos kelmaydigan futbolchilarni tarkibdan  “tozalash” uchun uchta transferni amalga oshirishga harakat qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” himoyachi Raul Asensio hamda hujumkor o‘yinchilar Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan xayrlashish niyatida.

Asensio vaziyatni o‘zgartirishga va klubda qolishga harakat qilayotgani aytilmoqda, ammo bu variant qiyin deb hisoblanyapti. Agent Xorxe Mendesh allaqachon himoyachi uchun yangi klub qidirmoqda, Garsiya va Mastantuono esa yaqin kunlarda klubni tark etishlarini bilishadi.

Bundan tashqari, yarim himoyachilar Brahim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinoning kelgusi mavsum uchun rejalarida yo‘q, ammo ularning kelajagi hozirda Madrid klubi bilan bog‘liq. Chunki futbolchilarning o‘zlari tarkibdagi o‘rinlari uchun kurashishlarini ma’lum qilishgan.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 11:48, 27.07.2026.
O'qildi: 2078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик