Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

«Inter» Diabi bo‘yicha «Al-Ittihod»ga yangi taklif yubordi

«Inter» Diabi bo‘yicha «Al-Ittihod»ga yangi taklif yubordi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi vinger Mussa Diabi transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Klub Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi uchun yangi taklif tayyorladi.

Saudiyalik jurnalist Muhammad al-Bukairiyga tayangan holda Goal portali xabar berishicha, Italiya klubi futbolchini to‘liq sotib olish bo‘yicha dastlabki rejasidan voz kechgan va endi 27 yoshli fransuz uchun bir mavsumga 28 million yevrolik ijara taklif qilmoqda.

Avvalroq «Inter» futbolchining to‘liq transferi uchun taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyor edi, ammo «Al-Ittihod» rahbariyati uni sotish borasida uzil-kesil qarorga kelmagan edi.

Milan klubi ijara varianti Saudiya tomoni uchun jozibadorroq bo‘lishiga umid qilmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi esa to‘liq transferni ma’qul ko‘rmoqda.

O‘tgan mavsumda Diabi 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 05:21, 03.08.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик