Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Santyago Bernabeu» — JCH-2030 finalini qabul qilish uchun asosiy favorit

«Santyago Bernabeu» — JCH-2030 finalini qabul qilish uchun asosiy favorit

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Real» klubi uy arenasi hisoblangan «Santyago Bernabeu» JCH-2030 final o‘yinini o‘tkazish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar beradi Radio Nacional de España (RNE).

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi Jahon chempionatiga uchta mamlakat — Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Shuningdek, turnirning dastlabki o‘yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda ham o‘tkaziladi.

Avvalroq, hal qiluvchi bahsni o‘tkazish huquqi Marokashga berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino shu yo‘l bilan bo‘lajak FIFA prezidentligi saylovlarida Marokash futbol federasiyasining qo‘llab-quvvatloviga erishmoqchi bo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay FIFA bu ma’lumotni rad etdi.

Marokash tomonining noroziligini oldini olish va murosaga kelish maqsadida, ushbu Afrika mamlakatiga 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqi berilishi mumkinligi aytilmoqda.

Mart oyida FIFAning yangi rahbariyatini saylash jarayoni bo‘lib o‘tadi va Infantino yana bir muddatga qayta saylanishni niyat qilgan.

RNE ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda amaldagi prezidentni Afrika (54) va Osiyo (47) federasiyalari — jami 101 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Qayta saylanish uchun unga 106 ta ovoz kerak bo‘ladi. Unga qarshi esa birgalikda 96 ta ovozga ega bo‘lgan UEFA va KONKAKAF chiqmoqda.

Kiritildi: 09:37, 07.08.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик