Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Barselona» Ferran Torres bo‘yicha «PSJ» taklifini qabul qildi

«Barselona» Ferran Torres bo‘yicha «PSJ» taklifini qabul qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres faoliyatini «Pari Sen-Jermen»da davom ettiradi.

26 yoshli futbolchining transfer shartlari bo‘yicha klublar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishildi, deb xabar beradi jurnalist Santi Auna. «PSJ» ispaniyalik futbolchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 55 million yevro atrofida mablag‘ to‘laydi. Endi faqat hujjatlar bilan bog‘liq rasmiyatchiliklarni hal qilish qoldi, shundan so‘ng o‘yinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va parijliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Avvalroq «PSJ»ning Torresning o‘zi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Hujumchining «Barselona» bilan mehnat shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalarida tugaydi, bu esa, albatta, bitim qiymatiga ta’sir ko‘rsatdi. Ferran 2022 yilning boshidan beri «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 06:07, 12.08.2026.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик