Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Atalanta" markaziy himoyachisi Djordjo Skalvini Londonning "Tottenxem" klubi e’tiborini tortdi.
Manbaning xabar berishicha, "shporlar" 22 yoshli italiyalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Biroq, tafsilotlar hali oshkor qilinmayapti.
Poytaxt klubi yaqin orada "Atletiko Madrid"ga o‘tishi kutilayotgan Kristian Romeroning o‘rnini bosuvchi futbolchi qidirmoqda.
Djordjo Skalvini o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va bitta golli uzatma bergan.
Himoyachining "Atalanta" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari italiyalik futbolchini 38 million yevroga baholamoqda.













