«PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov UYEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.
«Yangi sovrinmi? Ha, har doimgidek. Mavsumni sovrin bilan boshlash ajoyib. Biz yangi mavsumga tayyor ekanimizni ko‘rsatdik. Jamoamiz — maydonda ham, uning tashqarisida ham bir butun. Aytgancha, Fabian Ruisni JCH-2026 sovrini bilan tabriklashimiz kerak», — deya Safonovning so‘zlarini Mega PSG keltirdi.
Rossiyalik darvozabon «PSJ» safida navbatdagi sovrinini qo‘lga kiritdi. U parijliklar bilan Fransiya chempionati, Chempionlar ligasi va UYEFA Superkubogida ikki martadan, shuningdek, Fransiya kubogi, Fransiya Superkubogi va Qit’alararo kubokda g‘olib chiqqan.













