«PSJ» hujumchisi Dezire Due UYEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi. 21 yoshli fransuz bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Ajoyib! Bu sovrin — aql bovar qilmas darajadagi natija. Uni qo‘lga kiritish juda qiyin, chunki buning uchun avval Chempionlar ligasida g‘olib chiqish kerak. Ammo biz buni ikkinchi marta uddaladik — bu shunchaki aql bovar qilmas holat.
Biz doim g‘alabaga chanqoqmiz, doimo yutishni istaymiz. Chempionlar ligasi finalidan keyin ham yanada ko‘proq narsaga erishishni xohlayotganimizni aytgandim. Bizning maqsadlarimiz juda katta. Biz yoshmiz va bu mavsumda yana barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz», — deya Duening so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirdi.
«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UYEFA Superkubogi uchun bahsdagi g‘alaba bilan boshladi.













