Angliya klublari UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvlarda tarixda 12-marta mag‘lubiyatga uchradi. Bu borada faqat Ispaniya jamoalarida ko‘proq mag‘lubiyat bor — ular Superkubok bahslarida 15 marta yutqazgan.
2026 yilgi UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa» «PSJ»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Aston Villa» o‘tgan mavsumda Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan edi. Angliya klubi hal qiluvchi uchrashuvda «Frayburg»ni 3:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritgan.
«PSJ» esa o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Parijliklar finalda Londonning «Arsenal» klubi bilan to‘qnashgan. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa «PSJ» 4:3 hisobida ustun kelgan.













