«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri transferi bo‘yicha yangi taklifini rad etdi.
The Times xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 30 yoshli yarim himoyachi uchun 51,3 mln funt (60 mln yevro), shuningdek, bonuslar ko‘rinishida yana 5 mln funt (6 mln yevro) taklif qilgan. Biroq Angliya klubi Rodrini bunday shartlarda qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.
«Manchester Siti» «Barselona»ga futbolchini sotib olish uchun taklif miqdorini 70 mln funtga (82 mln yevro) yetkazishi kerakligini ma’lum qilgan.
Shu tariqa, tomonlar o‘rtasida Rodri transferi bo‘yicha muzokaralar hozircha davom etmoqda.













