Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

O‘zbekiston U-17 Ispaniyaga yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston U-17 Ispaniyaga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniya yoshlariga qarshi maydonga tushdi.

Bahs Ispaniya terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hisob 65-daqiqada Gilyermo Ortega tomonidan penaltidan ochildi. Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida ispaniyaliklar yana ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avval Robert Tomas 90+1-daqiqada farqni oshirgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada Mishel Zuk yakuniy hisobni belgiladi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi boshlang‘ich tarkibi: Shomurodov, Abdisoliyev, Olimov, Mamatov, Ravshanov, Toxirov, Anvarov, Orifxonov, Abdunabiyev, Abduraimov, Rahimov.

Zaxirada: Sirojiddinov, Zoidjonov, Toirov, O‘ktamov, Eshpo‘latov, Xayrullayev, Sindarov, Murodov, O‘ktamboyev, Tolibjonov, Abdullayev, Ma’rupov, Erkinov.

Ispaniya U-17 tarkibi: Darlington Chichoro, Serhi Mayol, Oskar Parexo, Xuan Manuel Borrero, Raul Martines, Serinyo Modou, Marko David, Santyago Del Pino, Adrian Vivo, Luis Navarro, Gilyermo Ortega.

Kiritildi: 16:30, 27.08.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик