Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. Saka «Arsenal»ga «Aston Villa» ustidan g‘alaba keltirdi

APL. Saka «Arsenal»ga «Aston Villa» ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Arsenal» safarda «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi yagona gol 59-daqiqada urildi. «Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Bundan biroz avval, 55-daqiqada bosh hakam Jarred Jillett «Aston Villa» darvozasi tomon penalti belgilagan edi. Biroq VAR aralashuvidan keyin hakam vaziyatni videotakror orqali ko‘rib chiqdi va o‘z qarorini bekor qildi.

Shunga qaramay, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Saka hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqt davomida mezbonlar hisobni tenglashtira olmadi.

Shu tariqa, «Arsenal» Angliya Premyer-ligasida ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Londonliklar 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

«Aston Villa» esa mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. Birmingemliklar hozircha ochko jamg‘ara olmagan va 19-pog‘onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:37, 01.09.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик