Opta superkompyuteri APL mavsumi yakunlari bo‘yicha taxminini yangiladi.
«Arsenal» chempionlik uchun asosiy da’vogar maqomini mustahkamladi. Mavsum boshidan beri «kanonirlar»ning chempion bo‘lish ehtimoli 38 foizdan 47,7 foizga oshdi.
«Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyati ham o‘sdi — 20,5 foizdan 26 foizga. Keyingi o‘rinlarda «Chelsi» (5,9%), «Liverpul» (5%), «Manchester Yunayted» (3,5%), «Nyukasl» (2,4%) va «Brayton» (2,1%) bormoqda.
«Tottenxem» Opta reytingida 7-o‘rindan 14-o‘ringa tushib ketdi — chempion bo‘lish ehtimoli 2,9 foizdan 0,4 foizga pasaydi.













