«Roma»ning sobiq sardori Franchesko Totti kutilmaganda basketbol sohasida ish boshlashga qaror qildi.
U joriy yilning iyun oyida amerikalik tadbirkor Pol Matiashich tomonidan tashkil etilgan yangi «Maksima Roma» basketbol klubi loyihasiga yordam berishga rozi bo‘ldi.
Hozircha Totti klub rahbariyatiga maslahat beradi, shuningdek, muxlislar harakatini shakllantirish va rivojlantirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Qizig‘i, u bilan birga Chiro Immobile ham ishlashi mumkin. Har holda, italiyalik futbolchi mazkur loyiha munosabati bilan klub rahbariyati tomonidan e’lon qilingan videorolikda ham ko‘rinish bergan. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Franchesko Totti 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.













