Fransiyaning «Lill» klubini boshqarayotgan Davide Anchelotti otasi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi va undan doimo minnatdor bo‘lishini ta’kidladi.
«Men har doim otamga juda yaqin bo‘lganman. Hammasi 1990-yillar boshida, u hali futbolchi bo‘lgan paytda meni o‘zi bilan «Milanello»ga olib borganidan boshlangan. Ishi qanchalik band bo‘lmasin, u doimo yonimda bo‘lgani uchun o‘zimni omadli deb hisoblayman. Otam menga buyuk chempionlar bilan to‘la kiyinish xonalari muhitini ko‘rish imkonini berdi», — deya kichik Anchelottining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Davide Anchelottining mustaqil murabbiylik faoliyati hozircha u qadar muvaffaqiyatli kechgani yo‘q. U Braziliyaning «Botafogo» klubida besh oy ishlaganidan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi. Hozir esa mutaxassis «Lill»da o‘zini qayta namoyon etishga harakat qilmoqda.













