«Roma» markaziy yarim himoyachisi Manu Kone «Chelsi»ga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Saymon Fillips ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar qishki transferlar oynasida 25 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashi mumkin.
Manba ta’kidlashicha, «Chelsi» transfer doirasida «Roma»ga o‘z vingeri Jeymi Bayno-Gittensni taklif qilishi ehtimol qilinmoqda.
London klubi o‘tgan yozda Koneni sotib olishga uringan, ammo transferni amalga oshira olmagan edi. Endi «Chelsi» yanvar oyida yana bir bor harakat qilib ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Kone Italiya chempionatida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va natijador harakat qayd etmadi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda.













