«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa tarbiyalanuvchisi Joshua Kingning Angliya asosiy terma jamoasiga chaqirilishga qanchalik yaqin ekani haqida fikr bildirdi.
«Men Angliya terma jamoasi murabbiyi emasman, ammo menimcha, u bunga tayyor. Bu ligada unga o‘xshagan futbolchilarni ko‘p ko‘rmayman.
U atigi 19 yoshda, juda katta iste’dodga ega va, albatta, juda mehnatkash futbolchi. King o‘yinga ta’sir qila oladi. Menimcha, u o‘z darajasi bilan terma jamoadan joy olishga munosib», — deya Arbeloaning so‘zlarini BBC keltirdi.
Joshua King joriy mavsumda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













