«Real» hujumchisi Karlos Espi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan munosabati haqida fikr bildirdi.
«Mourinyoning faoliyatini hisobga olsak, u meni birinchi kundanoq shunday qabul qilgani va menga nisbatan juda talabchan ekani juda muhim.
Bularning barchasi o‘zimni xotirjam, erkin va ishonchli his qilishimga yordam beradi. Mourinyoning menga bunday munosabatda bo‘lishi — men uchun katta sharaf», — dedi futbolchi AS nashriga.













