2001 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Maykl Ouen Kilian Mbappening 2026 yilda ushbu mukofotni olish imkoniyatlarini baholadi.
– Bu yil mukofot uchun kurash kampaniyasi ayni avjida. Sizning davringizda ham shunga o‘xshash narsa bo‘lganmi?
– Unchalik emas. Siz haqsiz, hech qanday kampaniyalar o‘tkazilmasdi va eslashimcha, tayyorgarlik ham bunchalik katta ahamiyatga ega emasdi. Bu qiziqarli mukofot, chunki yil davomida ko‘p narsalar bir-biriga mos kelishi kerak va siz o‘sha paytdagi men kabi g‘oliblar jamoasida bo‘lishingiz lozim. Hozir, ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishi bilan, bu narsa kim nominasiyaga qo‘yilishi, kim g‘alaba qozonishi yoki kuchli uchlikda bo‘lishi kerakligi bo‘yicha juda katta muhokamalar va fikrlar to‘lqinini keltirib chiqarmoqda.
– Kilian Mbappe faol kampaniya olib borayotganday tuyuladi. U «Real» safida 40 ta gol urdi va Jahon chempionatini ajoyib o‘tkazdi. Sizningcha, unda g‘alaba qozonish imkoniyati bormi?
– Men unda g‘alaba qozonish uchun katta imkoniyatlar borligiga to‘liq ishonaman. La Liga va Jahon chempionati to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilar ekansiz, siz bu mukofotga jiddiy da’vogar bo‘lishingiz kerak. Garchi, yakuniy hisobda, Jahon chempionati o‘tkazilgan yilda birorta ham yirik titulni yuta olmagani, La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham zafar quchmagani unga qarshi ishlashi mumkin. Lekin unda hali ham uni g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori bo‘lganlar toifasiga kirituvchi katta yutuqlar bor.
– Usmon Dembele — «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng yana bir da’vogar, xuddi Xvicha Kvarasxeliya kabi. Ular munosib nomzodlarmi?
– So‘zsiz. Menimcha, Dembele Chempionlar ligasini yutgan bo‘lsa-da, Jahon chempionatini Mbappe kabi yorqin o‘tkaza olmadi. Kvarasxeliyaga kelsak, u «PSJ»dagi mavsumni, ayniqsa Chempionlar ligasini ajoyib o‘tkazdi, ammo Jahon chempionatida o‘ynamadi va bu uning marraga biroz yetmay qolishini anglatishi mumkin. Lekin ikkalasining ham g‘alabaga yaqin bo‘lishini kutish kerak, — dedi Ouen.













