Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Liverpul" urugvaylik iste’dodni ko‘zladi

Baho:
+ | -

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" va Yevropaning yana bir nechta klubi "Defensor"ning 16 yoshli iste’dodi Nikolas Skottini kuzatmoqda. Unga Braziliya klublari ham qiziqish bildirgan.

Skotti yosh bo‘lishiga qaramay, Urugvayning "Defensor" klubi asosiy jamoasida debyut qilishga ulgurgan. Ayni paytda u Urugvay U17 terma jamoasi tarkibida ham ishtirok etmoqda.

Braziliyaning "San-Paulu" va "Atletiko Mineyro" klublari ham futbolchining holati bo‘yicha ma’lumot so‘ragan.

Yosh futbolchining shartnomasida 8 million dollar miqdorida tovon puli belgilangan. Bu summa unga qiziqish bildirgan klublar uchun jozibador bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, agar yaqin vaqt ichida rasmiy taklif tushsa, "Defensor" Skottini shartnomadagi tovon pulidan arzonroq narxga ham sotishga tayyor. Klub moliyaviy jihatdan futbolchilar savdosiga bog‘liq bo‘lgani uchun pastroq taklifni ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Skotti 2025/26 yilgi mavsumda "Defensor" va Urugvay U17 jamoasi safida jami 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

U Urugvay futbolining eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda. Kelajakda u U20 va kattalar terma jamoasiga ham chaqirilishi mumkin.

Kiritildi: 23:49, 28.09.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик