Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Milan» dunyoda eng tez o‘sayotgan futbol brendi deb topildi

Baho:
+ | -

«Milan» direktorlar kengashi klubning 2025/26 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotini tasdiqladi. Klub daromadi 464,6 million yevroni tashkil etdi, bu 2024/25 yilgi mavsumda qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdan 6 foiz kam.

Daromadning pasayishi «Milan»ning yevrokuboklarda ishtirok etmagani bilan izohlanmoqda. Shunga qaramay, tijoriy yo‘nalish rekord natijalarni qayd etdi: homiylikdan tushgan daromad klub tarixida ilk bor 100 million yevrodan oshdi.

Shuningdek, «Milan» uchrashuvlariga o‘rtacha tashrif ikkinchi mavsum ketma-ket A Seriyada eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi — har bir o‘yinga 72 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi.

Brand Finance ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» brendi qiymati rekord darajadagi 514 million yevroga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘p. Klub 2021 yildan beri dunyoda eng tez o‘sib borayotgan futbol brendi deb e’tirof etildi.

Klubning sof zarari taxminan 24 million yevroni tashkil qildi. «Milan»da bu holat yevrokuboklarda ishtirok etilmagani bilan bog‘liq vaqtinchalik ta’sir sifatida izohlanmoqda.

Sof qarz miqdori bir yil avvalgi 92 million yevrodan 145,3 million yevrogacha oshdi. Bu investisiya dasturi va rivojlanish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq.

Klubning o‘z kapitali 176,4 million yevroni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 08:44, 29.09.2026.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик