Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Myuller "Vankuver Uaytkeps" bilan shartnomasini uzaytirdi

Myuller "Vankuver Uaytkeps" bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq sardori Tomas Myuller "Vankuver Uaytkeps" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Kanada klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kelishuv 2027 yilgi qisqartirilgan mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Bunday format liganing "kuz-bahor" tizimiga o‘tishi bilan bog‘liq.

"Bu yerga kelgan birinchi kunimdanoq vaqtni mamnuniyat bilan o‘tkazyapman. Klub menga juda e’tiborli va iliq munosabatda bo‘ldi. Biz to‘pga egalik qilishga asoslangan hujumkor futbol o‘ynaymiz. Bunday uslubda o‘ynash ham, tomosha qilish ham zavqli. Menimcha, muxlislar ham xursand", — dedi nemis futbolchisi yangi shartnoma haqida.

Joriy mavsumda Germaniya tarixidagi eng sovrindor futbolchi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:53, 29.09.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик