Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Otamendi Messining xayrlashuvi haqida: "U aynan shunday yakunga munosib edi"

Otamendi Messining xayrlashuvi haqida: "U aynan shunday yakunga munosib edi"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi hamyurti va jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. Avvalroq har ikki futbolchi milliy jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan, mazkur bahsda Lionel Skaloni shogirdlari Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

"U juda oddiy va kamtar inson. Bu uning so‘nggi o‘yini bo‘lganini o‘ylashning o‘zi menda alohida his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Biz bu kun qachondir kelishini bilardik, ammo baribir katta hayajon bilan o‘ynadik.

Bu bir vaqtning o‘zida ham qayg‘uli, ham quvonchli. Chunki xayrlashuv aynan Leo munosib bo‘lgan tarzda o‘tdi", — deya Otamendining so‘zlarini TyC Sports keltirdi.

Messi 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida to‘p surib kelgan. Shu vaqt mobaynida u 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi, ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va Finalissima sovrini sohibiga aylandi.

Kiritildi: 11:15, 07.10.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик