Jorje Jezushning sobiq jamoadoshi, keyinchalik esa "Leyriya"da uning qo‘l ostida ham o‘ynagan Damyen Tiksye portugaliyalik mutaxassisning kiyinish xonasidagi ish uslubi haqida gapirdi.
Uning aytishicha, Jezush futbolchilarning maqomiga qaramay, darhol o‘zini jamoadagi asosiy shaxs sifatida ko‘rsatadi. Shu yo‘l bilan u jamoani birlashtirishga harakat qiladi.
"Biz kim bilan ishlayotganimizni darhol tushundik. O‘sha paytda u bu yerda boshliq aynan o‘zi ekanini va har birimizning maqomimiz unga mutlaqo ahamiyatsizligini ko‘rsatmoqchi edi", — deya Tiksyening so‘zlarini Footmercato keltirdi.
Avvalroq Jezush Krishtianu Ronaldu matbuot anjumanida o‘qib eshittirish uchun tayyorlab bergan bayonot matni bilan tanishganini aytgan, ammo bu masala yuzasidan izoh bermagan edi.













