Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

«Arsenal» Dyokereshdan ko‘ngli sovidi — futbolchi yanvarda ketishi mumkin

«Arsenal» Dyokereshdan ko‘ngli sovidi — futbolchi yanvarda ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi qishki transferlar davrida jamoa hujumchisi Viktor Dyokeresh bilan xayrlashishi mumkin. Angliya grandi shvesiyalik futbolchi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, «Arsenal» rahbariyatida Dyokereshning imkoniyatlariga nisbatan shubhalar tobora ortib bormoqda.

Shvesiyalik hujumchi hozirga qadar London klubi safida o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta olmayapti. Buning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida futbolchining o‘yin uslubi bosh murabbiy Mikel Arteta qo‘llayotgan taktik tizimga mos kelmayotgani ko‘rsatilmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» mutasaddilari vaziyatni jiddiy baholamoqda va yanvar oyida Dyokereshning transferi bo‘yicha boshqa klublardan tushadigan takliflarni eshitishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, shvesiyalik hujumchining «Arsenal»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Biroq futbolchini sotish bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Viktor Dyokeresh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo hozircha birorta ham gol urmadi yoki golli uzatmani amalga oshirmadi.

Transfermarkt portali shvesiyalik hujumchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:36, 08.10.2026.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик