Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

A Bola o‘quvchilarining 70 foizdan ortig‘i Ronalduning Portugaliya terma jamoasiga qaytishiga qarshi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning A Bola nashri Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoadagi holati yuzasidan o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush 27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi o‘yinda uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so‘ng terma jamoani tark etdi. Hujumchi bayonot bilan chiqib, Jezushni unga bergan va’dalarini buzganlikda aybladi. Xususan, murabbiy matbuot anjumanida Krishtianu bilan kelishilganidan boshqacha fikr bildirganini ta’kidladi.

Nashr o‘quvchilariga «Krishtianu Ronalduning so‘nggi bayonotidan qanday asosiy xulosa chiqarish mumkin?» degan savol berildi. Ovoz berishda 25 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Ovoz berganlarning 70 foizdan ortig‘i Krishtianu Ronaldu uchun jazo terma jamoaga qaytish imkoniyatidan mahrum etilish bo‘lishi kerak, deb hisoblagan.

Qariyb 14 foiz ishtirokchi barchasi bir necha kun ichida hal bo‘ladi, degan fikrda. Taxminan 7 foiz Ronaldu o‘yinchi-murabbiy bo‘lishi kerak, deb hisoblagan. Yana 6 foiz ishtirokchi Jorje Jezush o‘z so‘zida turmagani va terma jamoada ulardan faqat biri uchun joy bor, degan fikrni bildirgan.

Ovoz berganlarning qariyb 3 foizi esa «Tyago Kraveyru va Simau Koutinyo yaxshiroq biladi», deb hisoblagan.

Kraveyru — Portugaliya futbol federasiyasining sobiq bosh direktori, hozirda Krishtianu Ronaldu kompaniyalarining bosh strategik maslahatchisi. Simau esa «Al-Nasr»ning sport direktori hisoblanadi. Ikkalasi ham Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etgan.

Kiritildi: 14:48, 08.10.2026.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик