Portugaliyalik hujumchi Joau Felish APLga qaytishi mumkin. Bu haqda ElNacional.cat xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini tarkibiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» futbolchi transferi bo‘yicha taklifni yanvar oyidayoq yuborishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Joau Felish «Manchester Yunayted»da klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Brunu Fernandeshning o‘rnini bosishi ehtimoldan xoli emas. Felish avval ham Angliyada to‘p surgan.
Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.













