«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasner «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ishi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Avvalroq mustaqil komissiya Manchester klubini Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan edi.
Glasner mazkur ish bo‘yicha yakuniy qaror imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi.
«Keling, yakuniy hukmni kutaylik. Ammo men buning imkon qadar tezroq sodir bo‘lishini xohlayman.
Bu ishning Angliya Premyer-ligasiga yetkazayotgan zarari faqat Angliya bilan cheklanmaydi. Bu butun dunyoda, ayniqsa, Yevropada katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan masala.
Eng muhimi — liganing halolligi va yaxlitligini saqlab qolish. Chunki muxlislar musobaqaga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi bilanoq uni tomosha qilishni ham to‘xtatadi», — dedi Glasner The Guardian nashriga.
Germaniyalik mutaxassis «Kristal Pelas» bilan bog‘liq vaziyatni ham esladi.
O‘shanda sud jarayoni cho‘zilib ketgani sababli klub qaysi yevrokubok musobaqasida ishtirok etishini bilmay qolgan edi.
Glasnerning fikricha, «Manchester Siti» bilan bog‘liq ishda ham yakuniy qarorni imkon qadar tezroq qabul qilish zarur.













