«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topgan mustaqil komissiya qaroriga munosabat bildirdi.
Manchester klubi mazkur hukm ustidan allaqachon apellyasiya shikoyati kiritgan.
Lempard ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmaguncha vaziyatga baho berish qiyinligini ta’kidladi.
«Barchamiz bu xabarlarni ko‘rdik. Albatta, bu katta yangilik. «Manchester Siti» apellyasiya shikoyati bermoqda.
Apellyasiya jarayoni davom etayotgan bir paytda nima ham deyish mumkin? Men u yerda nimalar bo‘layotganidan xabardor emasman.
Ancha oldin «Manchester Siti»da o‘ynaganman, u yerda bir yil o‘tkazganman. Natija qanday bo‘lishini ko‘ramiz», — deya Lempardning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Shuningdek, «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Enso Mareskani qo‘llab-quvvatladi.
«Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men doim murabbiyni hurmat qilaman. Chunki biz bilmaydigan juda ko‘p narsalar bor», — dedi Lempard.
Frenk Lempard 2015/2016 yilgi mavsumda «Manchester Siti» safida to‘p tepgan.
U Manchester klubi tarkibida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va o‘sha davrda birorta ham sovrin qo‘lga kiritmagan.













